Erdo‘g‘an NATO davlatlarini mudofaa xarajatlariga ko‘proq mablag‘ ajratishga chaqirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an NATO davlatlarini ko‘proq hamjihatlik ko‘rsatib, mudofaa ehtiyojlariga yalpi ichki mahsulotlarining kamida 2 foizini yo‘naltirishga chaqirdi.
25 mayda NATOning Bryusseldagi yangi bosh qarorgohida alyansning qisqartirilgan dastur bo‘yicha sammiti bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishning asosiy mavzulari NATOning terrorchilikka qarshi kurashdagi roli va tashkilotga a'zo davlatlar o‘rtasida yuklamaning adolatli taqsimlanishi, ya'ni AQSh ittifoqdoshlarining mudofaa xarajatlarini oshirishi mavzulari bo‘ladi.
"NATO sammiti dunyoda beqarorlik hukm surayotgan vaqtda o‘tadi. An'anaviy muammolarga qo‘shimcha qochqinlar, kiberhujumlar kabi yangi muammolar paydo bo‘ldi. Terrorchilik bu bir davlatning emas, butun dunyoning muammosidir. Terrorchilarni "o‘zga" va "o‘ziniki"ga bo‘lish mumkin emas, biz ba'zi hollarda buning guvohi bo‘lmoqdamiz. NATO o‘ziga a'zo davlatlarni ko‘proq qo‘llab-quvvatlashi, terrorchilikka qarshi hamjihatlik ko‘rsatish, mudofaa xarajatlariga YaIMning kamida 2 foizini yo‘naltirish kerak", deb aytdi Erdo‘g‘an jurnalistlarga Bryusselga uchib ketishi oldidan.
Uning aytishicha, bu mavzular sammitda muhokama qilinadi. Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, u Bryusselda Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk va Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazmoqchi.
2014 yilda Uelsda o‘tgan NATO sammitida unga a'zo barcha davlatlar 10 yil ichida mudofaa xarajatlarini YaIMning 2 foizigicha oshirishni o‘z zimmalariga olganlar. Ayni vaqtda bu me'yorga NATOning 28 ta davlatidan bor-yo‘g‘i 5 tasigina amal qiladi.
Mavzuga oid
20:58 / 27.11.2024
Polsha bosh vaziri Boltiq dengizida harbiy-dengiz politsiyasini yaratishni taklif qildi
22:02 / 25.11.2024
NATO rahbariyati g‘arbdagi yirik kompaniyalarni urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
18:32 / 25.11.2024
Le Monde: Yevropa mamlakatlari yana Ukrainaga qo‘shin yuborish ehtimolini muhokama qilmoqda
18:20 / 25.11.2024