Jahon | 22:10 / 26.05.2017
8747
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada yangi raketa sinovdan o‘tkazilgani ma'lum qilindi

Foto: Ukraina mudofaa vazirligi

Ukrainalik harbiylar 26 may kuni mamlakat janubidagi poligonlardan birida yangi, yuqori aniqlikdagi boshqariluvchi jangovar raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko ma'lum qildi. 

"Odessadan prezident Ukrainada ishlab chiqarilgan yuqori aniqlikdagi raketa muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan, mamlakat janubidagi poligonlardan biriga tashrif buyurdi. Sinovlar kuchli taassurot qoldirdi", deb yozdi Tsegolko Facebook’da. Raketaning modeli nomi keltirilmagan.

Ukraina prezidenti matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, sinovlar Pyotr Poroshenko, mudofaa vaziri Stepan Poltorak hamda matbuot xizmati va mudofaa kengashi kotibi  Aleksandr Turchinov ishtirokida o‘tgan. Shu bilan birga ma'lum qilinishicha, raketa turli sinfdagi nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Raketaning jangovar qismi, dvigateli va boshqaruv tizimi Ukrainada ishlab chiqarilgan. Uning yaratilishida Ukraina mudofaa sanoatining 10 dan ko‘p korxonasi ishtirok etgan. Ta'kidlanishicha, sinovlar raketaning yuqori aniqlikda va boshqaruv tizimi ishonchli ekanini ko‘rsatgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid