Jahon | 01:15 / 27.05.2017
17781
1 daqiqa o‘qiladi

Klinton Trampning prezidentligi sharmandalik bilan tugashi mumkinligini aytdi

Foto: EPA

AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Donald Trampning prezidentligi sharmandalik va impichment bilan tugashi mumkinligini aytdi. Klinton bunday fikrni Massachusets shtatidagi Uellesli-kollej talabalari bilan uchrashuvda bildirib o‘tdi.

Klinton Trampning nomini aytmay turib, uning prezidentligi "unga qarshi tergovni olib borgan odamni o‘z lavozimidan chetlatgandan keyin adolatga qarshilik ko‘rsatishi sababli sharmandalik va impichment bilan tugashi mumkinligini" aytgan. 

Klinton o‘z nutqida Federal qidiruvlar byurosining sobiq direktori, 9 may kuni Tramp tomondan o‘z lavozimidan bo‘shatilgan Jyeyms Komini nazarda tutgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid