Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WP: Oq uy Trampning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarini nazorat qiladi
Oq uy ma'muriyati AQSh prezidenti Donald Trampning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarini nazorat qiluvchi yuristlarni yollashi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.
Nashr manbalariga ko‘ra, ma'muriyat prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarini nazorat qilib turuvchi va zarur bo‘lib qolganda tuzatishlar kirituvchi huquqshunoslar jamoasini yollash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. AQSh prezidenti maslahatchilaridan birining gazetaga ma'lum qilishicha, bu "prezident ongidagi fikrlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ommaga oshkor bo‘lishining oldini oladigan" tizim bo‘ladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi chog‘idayoq Twitter mikroblogi orqali saylovchilar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘ygan edi. Prezidentlikka saylanganidan keyin bu faoliyatidan voz kechmadi.