Jahon | 00:07 / 28.05.2017
4682
1 daqiqa o‘qiladi

2018 yilgi G7 sammitini Kanada qabul qiladi

Foto: Reuters

Kanadaning Malbe kurort shahri (Kvebek viloyati, Sharlevua tumani) "Katta yettilik"ning 2018 yilgi 44-sammitini qabul qiladi. Bu haqda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ma'lum qildi. 

"Kanada 2018 yilda Sharlevuada G7 sammitini o‘tkazishdan faxrlanadi. Bu tuman davlatimiz nima bilan boy bo‘lsa, shuni – ikki tillik va madaniy turfalikdan tortib istalgan fasldagi ajoyib manzaralarni aks ettiradi", deb aytgan Tryudo. 

"Hamkasblarim bilan Sharlevuada ko‘rishishni sabrsizlik bilan kutib qolaman", deb qo‘shimcha qilgan Kanada bosh vaziri. 

Tryudo sammit o‘tkaziladigan muddatga oydinlik kiritmagan.

Malbe Kvebek shahridan 150 km uzoqlikda joylashgan hashamatli kurort majmuasi hisoblanadi. Kanada bunday darajadagi sammitni oxirgi marta 2010 yilda Rossiya ishtirokidagi G8 formatida o‘tkazgan. Bu sammit Xantsivillda o‘tkazilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid