Jamiyat | 08:31 / 28.05.2017
41727
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshda keksa yoshli odam ko‘rinishidagi chaqaloq dunyoga keldi

foto TMZ

Bangladeshda kamdan-kam uchraydigan irsiy kasallik – progeriyaga ega chaqalok dunyoga keldi.

U "Benjamin Battonning sirli voqeasi" filmidagi bosh qahramonga qiyoslandi. Bu filmda avval qari odam ko‘rinishida tug‘ilib, yoshi o‘tgan sari qarish o‘rniga, yosharuvchi odam haqida so‘zlangan.   

Progeriya kasalligida organizm bolalikdan boshlanuvchi tez qarishga uchraydi. Ushbu kasallik ateroskleroz paydo bo‘lishiga olib keladi va buning oqibatida yurak kasalligi avj oladi.

Progeriya bilan kasallanganlar odatda taxminan 13 yil umr ko‘radilar. Biroq ba'zi hollarda bunday kasallikka uchragan bolalar 20 yoshgacha ham yashashlari mumkin.

Dunyoda progeriya bilan kasallanish qayd qilingan holatlar 80 tadan oshmaydi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid