Jahon | 18:20 / 29.05.2017
5571
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada qahvaga yangi prezident nomi berildi

Foto: BBC

Janubiy Koreyada qahvaga mamlakatning yangi prezidenti Mun Chje In nomi berildi. The Wall Street Journal shu haqida ma'lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, davlat rahbari tez-tez tashrif buyuradigan Seuldagi qahvaxona ana shunday tashabbus bilan chiqqan. U yoqtiruvchi ichimlik endilikda Moon Blend deb nomlanadi. 

Ma'lumotlarda ta'kidlanishicha, hozirda bu muassasaga tashrif buyuruvchilar oqimi ko‘paygan.

So‘nggi so‘rovnomalarga ko‘ra, Janubiy Koreya aholisining 88 foizi Mun Chje In o‘z ishini uddalaydi, deb hisoblaydi. Prezidentning tarjimai holi, shuningdek Time jurnalining muqovasida davlat rahbari portreti aks etgan soni sotuvlari o‘sib bormoqda. 

Bundan tashqari, prezident qarorgohiga tashrif buyurishni istovchilar ham ko‘paygan. Nihoyat, bu mamlakatda "prezident kabi" kiyinish va uningdek aksessuarlardan foydalanish mashhur bo‘lmoqda. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid