Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda turk gazetasi bosh muharriri o‘ldirib ketildi
Istanbulda Yeni Akit gazetasi bosh muharriri Qodir Demirel pichoq bilan yetkazilgan jarohatdan halok bo‘ldi. Anadolu axborot agentligining ma'lum qilishicha, Demirel kuyovi bilan nizo davomida u tomondan o‘ldirilgan.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Demirel o‘zining qizi Esma va uning turmush o‘rtog‘i Jamil Yovuz Karanfil bilan nizolashib qolgan. Mojaro vaqtida kuyov qaynotasi va qaynonasiga pichoq bilan zarba bergan. Shuningdek, mojaro vaqtida Demirelning qiziga ham shikast yetgan.
Demirel olingan jarorhatlardan jon bergan, uning qizi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan va operatsiya qilingan.
Ayni vaqtda politsiya voqea joyida ish olib bormoqda. Voqea joyidan qochib ketgan qotil kuyov qidiruvga berilgan.
Mavzuga oid
15:00 / 28.11.2025
Germaniyalik oila Istanbulda insektitsid bilan zaharlanish oqibatida vafot etdi
09:52 / 21.11.2025
Istanbul porti rossiyalik sayyohlar bo‘lgan kemaga to‘xtashga ruxsat bermadi
11:27 / 07.11.2025
Rigada 10 mingga yaqin kishi Istanbul konvensiyasidan chiqishga qarshi namoyish o‘tkazdi
08:36 / 31.10.2025