Jahon | 22:45 / 30.05.2017
6968
1 daqiqa o‘qiladi

Serbiya bosh vaziri iste'foga chiqdi

Foto: Tanјug/Dragan Kuјunџiћ

Serbiyadagi prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lgan Serbiya bosh vaziri Aleksandr Vuchich iste'foga chiqishini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Tanjug nashri.

"Serbiya bosh vaziri lavozimidan ketishga ariza berdim", deb aytgan Vuchich.

Vuchich 2 aprelda o‘tgan prezidentlik saylovlarining 1-turida 55 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘lgan. Amaldagi prezident Tomislav Nikolichning vakolati 31 may kuni tugaydi. Vuchichning inauguratsiyasi sanasi hali ma'lum qilinmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid