Jahon | 07:58 / 31.05.2017
4447
1 daqiqa o‘qiladi

Bag‘doddagi teraktlar qurbonlari soni 27 kishiga yetdi

Bag‘dod markazida sodir etilgan ikkita teraktda halok bo‘lganlar soni 27 nafarga yetdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.  

Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari portlashlar oqibatida 100 dan ko‘proq odam jabrlanganini ta'kidlab o‘tishgan.

Birinchi portlash muzqaymoq do‘koni yonida sodir etilgan, ikkinchisi esa Bag‘doddagi bosh ko‘prik yaqinida amalga oshirilgan.

Avvalroq ushbu portlashlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgani ma'lum qilingandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid