Jahon | 18:22 / 31.05.2017
12697
2 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi yaqin kunlarda O‘zbekistonga keladi

Foto: AP

BMTning yangi kotibi Antoniu Guterrish Markaziy Osiyo bo‘ylab safarlari doirasida O‘zbekistonga keladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spiker o‘rinbosari Boriy Alixonov Xalqaro Press-klubdagi tadbir davomida shu haqda xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, bosh kotibning tashrifi iyun oyining birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Guterrish O‘zbekistonda Orol va Orolbo‘yi mintaqasidagi vaziyat bilan yaqindan tanishib, ekologik obektlarda bo‘ladi. Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, O‘zbekistonda BMT shafeligida Orol bo‘yicha Xalqaro Konventsiya ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. 

Boriy Alixonovning ma'lum qilishicha, o‘tgan davr mobaynida Orol dengizi sathi 29 metrga pasaygan. U yerdagi 20 ta endemik baliq turidan birortasi qolmagan. Orol dengizining o‘rnini Orolqum egallagan. Vazirlar mahkamasining qaroriga ko‘ra, Orol muammosi bo‘yicha 4 milliard 8 million dollar qiymatidagi loyiha amalga oshiriladi. 

Antoniu Guterrish 2017 yilning 1 yanvaridan rasman BMT bosh kotibi lavozimiga kirishgan. U bundan avval Portugaliya bosh vaziri lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Ta'kidlash joizki, BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun 2010 yilning aprel oyida O‘zbekistonda bo‘lgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid