Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
260 gramdan ortiq marixuana saqlagan giyohvand qo‘lga olindi
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan 2017 yilning 24 may kuni o‘tkazilgan “Qoradori 2017” tadbiri davomida muqaddam giyohvandlik moddasining noqonuniy muomalasi uchun jinoiy javobgarlikkka tortilgan Javdat Aytkulov qo‘lga olindi. U o‘zi davolanayotgan 1-sonli sil kasalliklari shifoxonasida og‘irligi 265 grammdan ortiq “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “b” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
10:39 / 02.05.2026
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
13:58 / 25.04.2026
IIB tezkor xodimi Sanjar Karimovning uyidagi tintuvda uning buyumini olib ketgani ma’lum bo‘ldi
19:59 / 24.04.2026