Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daimler Xitoyda elektrokar ishlab chiqaradi
Daimler AG konserni va uning xitoylik hamkori BAIC kompaniyasi Xitoydagi qo‘shma korxonani kengaytirish haqida kelishib oldilar. Beijing Benz Automotive Co., Ltd. deb ataluvchi zavodda elektromobillar ishlab chiqariladi.
Bundan tashqari, hamkorlikni kengaytirish doirasida Daimler AG BAIC’ning bo‘linmalaridan biri – Beijing Electric Vehicle Co., Ltd.’ning minoritar aksiyadoriga aylanadi. Bu firma elektromobillar va ularga batareyalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Kelishuvning moliyaviy tomoni va "Daymler" oladigan aksiyalar paketi oshkor qilinmagan.
Daimler AG konserni BAIC’ning egalaridan biri hisoblanadi. 2013 yilda nemis kompaniyasi Xitoy kompaniyasining 12 foizlik aksiyalar paketini sotib olgan. Bitimning qiymati 625 mln dollarni tashkil qilgan. Shu bilan birga nemislar BAIC direktorlar kengashida ikkita o‘rin olishgan hamda Xitoyda "Mersedes"larni sotish bilan shug‘ullanuvchi Beijing Mercedes-Benz Sales Service Co. kompaniyasi ustidan nazoratni qo‘lga kiritishgan.
Avvalroq ma'lum qilingandek, 2019 yilda Mercedes-Benz Tesla Model X.bilan raqobatlashadigan seriyali elektrik krossover ishlab chiqarmoqchi. Bu modelning kontseptual ko‘rinishi – prototip Generation EQ 2016 yil sentabrda Parijdagi avtosalonda ilk bor namoyish qilingan.
Mavzuga oid
21:17 / 07.06.2026
Xitoy dunyodagi eng yirik astronomiya markazini qurishni rejalashtirmoqda
08:04 / 06.06.2026
Sun’iy yo‘ldoshlar Xitoyning noodatiy suvosti kemasini aniqladi
08:35 / 05.06.2026
O‘zbekistonda Xitoyning yangi internet provayder zonalari paydo bo‘ladi
08:22 / 05.06.2026