Jahon | 21:18 / 02.06.2017
5064
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Kanadadagi konferensiyada nutq so‘zlaydi

Foto:aa.com.tr

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Shtatlar rahbari lavozimidan ketganidan keyin birinchi marta xorijdagi tadbirda ishtirok etmoqda. Bu haqida "Anadolu" agentligida xabar berildi. 

6 iyun kuni Kanadaning Monrealida bo‘lib o‘tadigan chiqishida Obama 6 ming kishiga yuzlanadi. 

Manbaga ko‘ra, ushbu anjuman shaharning 375 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilgan. 

Konferentsiya chiptalari 12 mayda 15 daqiqada sotib bo‘lingan. Bir chiptaning narxi 57-373 Kanada dollari atrofida bo‘lgan.

Chiptalar, shuningdek, internet orqali kimoshdi savdosiga ham qo‘yilgan. Bir chiptaning minimal narxi - 1000, maksimal bahosi esa 1600-2000 Kanada dollarini tashkil qilgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid