Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda yana 294 oila uyli bo‘ladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilish uchastkasida bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Davlat rahbarining 2016 yil 22 noyabrdagi qaroriga muvofiq Andijon shahrida ko‘p qavatli 37 zamonaviy uy-joy bunyod etilishi belgilangan. Jumladan, joriy yilda Sulton Jo‘ra nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida 294 xonadonga mo‘ljallangan yettita ko‘p qavatli turar joy qurilishi rejalashtirilgan. Buning uchun 2,46 gektar yer ajratilgan. Hozirgi kunda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.
Bu turar joylar birinchi galda uyga muhtoj odamlarga beriladi. Yosh oilalarning oyoqqa turib olishi, mustaqil, emin-erkin yashashi uchun sharoit yaratadi.
Prezident bunday uylarni ko‘proq qurish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, bu yerni yangi massivga aylantirish, Mustaqillikning 26 yilligiga xalqqa tuhfa qilish, odamlarga barcha qulayliklar yaratish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.
Andijon shahrida Universal sport majmuasi qurish, Muhammad Yusuf maktabini tashkil etish, yangi istirohat bog‘i bunyod qilish, tibbiyot maskanlarini kapital ta'mirlash loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya va Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining filiallarini tashkil etish, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasini rekonstruksiya qilish va zamonaviy jihozlash ishlarining aholi salomatligini saqlashdagi ahamiyati haqida alohida to‘xtaldi. Bu xayrli ishlarni tezlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026