Jahon | 08:53 / 03.06.2017
11787
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp iqlim bo‘yicha kelishuvdan chiqish qarorining sababini tushuntirdi

Foto: AP Photo / Evan Vucci

AQSh prezidenti AQShning iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish qarorini amerikaliklar haqida qayg‘urishi sababli qabul qilganini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, kelishuv ishchi o‘rinlarning yo‘qotilishiga, o‘zini oqlamagan yuridik xatarlarga, AQSh suverenitetining yo‘qolishiga va iqtisodiy ziyonga olib kelgan bo‘lardi.

"Bu mening amerikaliklar oldidagi mas'uliyatimdir. Parij kelishuvi iqtisodiyotimizni barbod qilgan, ishchilarimizni iskanja orasiga siqqan bo‘lardi, yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan yuridik xatarlar solardi va tizimli ravishdagi iqtisodiy ziyonga olib kelardi", deb yozgan Tramp tvitterda.

Avvalroq Tramp AQShning kelishuvdan chiqishini ma'lum qilgan, chunki u AQShga nisbatan "o‘ta adolatsiz" tuzilgan va uning iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazishi, Hindiston va Xitoy kabi davlatlarning boyishiga olib kelishi mumkin edi.

Mavzuga oid