O‘zbekiston | 14:25 / 05.06.2017
11096
1 daqiqa o‘qiladi

3 iyun kuni Toshkentdagi yo‘l harakati xavfsizligi huquqbuzarliklari

Foto: "Kun"

2017 yilning 3 iyun kuni Toshkent shahri hududida 3 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 3 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

2017 yilning 3 iyun kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2687 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 730 tasini qo‘pol turdagi, 12 tasi mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etdi. 

Toshkent shahar YHXBning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 3 iyun kuni jami 1146 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 577 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 569 tasi belgilangan me'yoridan yuqori tezlikda harakatlanishni tashkil etadi.

 

Mavzuga oid