Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha ichki ishlar vaziri Yevropadagi migratsiya siyosatini o‘zgartirish kerakligini aytdi
Yevropa Ittifoqi tomonidan amalga oshirilayotgan ochiq chegaralar siyosati ayanchli oqibatlarga olib kelmoqda. Bunday fikrni Polsha ichki ishlar vaziri Mariush Blashak Londonda sodir etilgan oxirgi teraktga izoh berish davomida bildirdi.
"Migratsiya siyosatini o‘zgartirish kerak... Bu borada qat'iy choralar, izchil harakatlar qabul qilinishi lozim. Bunday harakatlarning unsurlaridan biri Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq mamlakatlaridan musulmon muhojirlari uchun ochiq eshiklar siyosatini tugatish hisoblanadi", deb aytdi Blashak.
Uning ta'kidlashicha, ko‘p madaniyatlilik va siyosiy xushmuomalalikka yo‘l qo‘yish "yomon oqibatlarga olib keladi". Shu munosabat bilan u Polshaga Yevrokomissiya tomonidan uqtirilayotgan qochqinlarni joylashtirish siyosatida o‘z davlatining ishtirok etishi imkoni yo‘qligini ta'kidlab o‘tdi.
"G‘arbiy Yevropada terrorchilar amalga oshirayotgan terrorchilik hujumlari bu shunchaki ko‘ngilsiz voqealar emas, balki faktdir", deb hisoblamoqda polshalik vazir.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
09:45 / 18.06.2026
Yevropa Ittifoqi noqonuniy migrantlarga qarshi choralarni kuchaytirmoqda
11:05 / 16.06.2026
Kallas: g‘arb sanksiyalari Rossiyaga 1,3 trln yevroga tushdi
23:16 / 12.06.2026