Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi okeanlarni ifloslantirmaslikka chaqirdi
BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish Jahon okeani resurslaridan ratsional foydalanishning yangi yo‘llarini izlashga chaqirdi. Bu haqida "Anadolu" agentligi xabar berdi.
2050 yilga borib, Jahon okeanidagi plastik chiqindilar hajmi baliq resurslari ko‘lamiga tenglashadi, dedi BMT bosh kotibi bugun Nyu-Yorkdagi BMT shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan okeanlar muammosiga bag‘ishlangan Jahon konferensiyasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ifloslantirish, bioresurslarning haddan tashqari kamayib ketishi, global iqlim o‘zgarishlari asoratlari - bu omillarning barchasi okeanlar holatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi, ular hozir har qachongidan ham jiddiy tahdid ostidadir.
"Okean va dengizlarimizning salomatligi sayyoramiz salomatligi bilan uzviy bog‘liqdir", - deya ta'kidladi Gutterish.
Konferentsiyada 200dan ziyod mamlakatdan davlat va hukumat rahbarlari, vazirlar, diplomatlar va ekologlar ishtirok etishmoqda.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
11:23 / 08.07.2026
“2030 yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetadi” – suv vaziri Nyu Yorkda
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026