Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dollar kursi dunyodagi geosiyosiy keskinlik fonida tushib ketdi
Jahon bozorida dollar kursi seshanba kuni ertalabdan boshlab dunyodagi geosiyosiy keskinlik fonida pasaymoqda. Bundan savdo ma'lumotlari darak berdi.
Toshkent vaqti bilan soat 10.11 da dollar indeksi (dollarning olti mamlakat – AQShning asosiy savdo sheriklari valyutasiga nisbatan qiymati ) 0,17 foizga kamayib, 96,63 punktni tashkil etayotgandi. Dollarning iyenaga nisbatan kursi bir dollar uchun 109,89 iyenani tashkil qilmoqda. Avvalgi savdolarda bu ko‘rsatkich 110,46 iyenaga teng edi. Yevroning dollarga nisbatan qiymati bir yevro uchun 1,1268 dollarni tashkil etdi (avvalgi sessiyada bir yevro uchun 1,1256 dollar).
Sarmoyadorlarning xavotiri jahondagi qator hodisalarga bog‘liq. Masalan, shanba, 3 iyun kuni kechqurun Londonda terakt yuz berdi. Dushanba kuni esa Misr, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Liviya, Yaman, Maldiv va Mavrikiy Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi.
Treyderlar AQSh FQB sobiq rahbari Jyeyms Komining payshanba, 8 iyun kuniga rejalashtirilgan senatdagi chiqishini kutishmoqda. U AQShdagi saylovlarga Rossiyaning aralashgani mavzusida bo‘ladi. Avvalroq CNN telekanali Komi senatda AQSh prezidenti Tramp unga prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinnga nisbatan surishtiruvni to‘xtatish maqsadida bosim ko‘rsatganini tasdiqlashi haqida xabar bergandi.
State Street Global Markets menejyeri Bart Vakabayashining so‘zlariga ko‘ra, endilikda dollar kursi pasayishiga Komi ko‘rsatmalari bilan bog‘liq bo‘lgan ehtimoliy geosiyosiy xatar ham ta'sir ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21 / 06.05.2026
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52 / 06.05.2026