Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVVga Mudofaa vazirligi zaxirasidan mutaxassislar jalb etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 2 iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–3029 qarorni imzoladi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida e'lon qilingan.
Ushbu qaror bilan FVV markaziy apparati tuzilmasiga sezilarli o‘zgartishlar kiritilgan.
- Bundan tashqari, quyidagilar tasdiqlandi:
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmik xavf-xatarlar monitoringi va bashoratlash markazining tuzilmasi;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi xuzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining tuzilmasi;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasining tuzilmasi;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi tuzilmalarning o‘zaro hamkorlik chizmasi;
Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy boshqarmalarda iqtisodiyot va hududlardagi favqulodda vaziyatlarning oldini olishga jalb etilgan davlat inspeksiyalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishga mas'ul bo‘lgan bosh inspektor lavozimi ta'sis etiladi.
Vazirlikning yangidan va qayta tashkil etilayotgan bo‘linmalariga 2018 yil 31 dekabrga qadar zarur kasbiy va ma'naviy-irodaviy sifatlarga ega, yuqori darajada vatanparvar va xizmat vazifalariga sodiq mutaxassislar jamlanadi.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yangi tashkil etilayotgan tuzilmalarini zahiradagi ofitserlar va serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar bilan ta'minlashda amaliy yordam ko‘rsatadi.
E'tiborli jihati shundaki, ushbu qaror ijrosi bilan bog‘lik tadbirlarga harajatlar Davlat byudjyetining “mudofaa, jamoat tartibi va xavfsizlik” bo‘limi bo‘yicha har yili tasdiklanadigan ko‘rsatkichlari doirasida, asoslangan hisob-kitoblar asosida, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligining byudjyetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
08:58 / 20.06.2026
Chirchiqdagi kanalda hushsiz holatdagi fuqaro qutqarildi
09:40 / 18.06.2026
Katta Chimyon tog‘ida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi o‘tkazildi
13:14 / 14.06.2026
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
14:06 / 11.06.2026