Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijda malaka oshirishga ketadigan o‘qituvchilarni saralash boshlandi
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan “Eng yaxshi chet tili fani o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda. Ko‘rik-tanlovda umumta'lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan ingliz tili fani o‘qituvchilari qatnashishi mumkin.
Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich – shu yilning 5-15 iyun kunlari o‘tkazilib, unda ishtirokchilar “What are the essential ingredients for effective teaching and effective learning?” (“Samarali o‘qish va o‘qitishning muhim tarkibiy qismlari nimalardan iborat?”) mavzusida esse bilan qatnashadi;
2-bosqich - joriy yilning 10 iyul sanasiga qadar bo‘lib o‘tadi. Unda birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilarning dars ishlanmasi (Lesson planning) va videodarsi (videolesson) hududiy xalq ta'limi boshqaruv idoralari huzuridagi maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ushbu bosqichda chet tili o‘qituvchilarining dars bera olish mahorati (metodikasi) baholanadi.
3-bosqich – yakuniy respublika bosqichi joriy yilning 4-20 sentabr kunlari o‘tkazilib, unda ishtirokchilar umumevropa kompetensiyalari CEFR talablari doirasida APTIS test sinovlarida ishtirok etadi.
Test-sinovlarida yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar natijalari 1- va 2-bosqichdagi natijalar bilan birga umumlashtiriladi va ular orasidan g‘oliblar tanlanadi.
Ko‘rik-tanlov g‘oliblari 2018 yilda davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan rivojlangan xorij davlatidagi nufuzli oliy o‘quv yurtida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun telefon: 0(371)239-40-97
Mavzuga oid
22:49 / 30.05.2026
“Armiya himoyasidagi” pedagoglar va kichik biznes uchun soliq islohoti - hafta dayjesti
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
15:32 / 25.05.2026