Dunyoning eng yirik qurol sotuvchilaridan biri vafot etdi
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrning eng yirik qurol sotuvchisi hisoblangan saudiyalik milliarder Adnan Xashoggi 81 yoshida Londonda vafot etdi.
TASS axborot agentligining ma'lum qilishicha, Xashoggi Parkinson kasalidan aziyat chekkan va farzandlari davrasida olamdan o‘tgan.
Xashoggi 1935 yilda Saudiya Arabistoni qiroli Abdulazizning shaxsiy shifokori oilasida dunyoga kelgan.
Tadbirkor o‘z boyligini 1960-80-yillarda Yaqin Sharq davlatlari va AQSh o‘rtasida qurol sotish bo‘yicha bitimlarni tuzishda vositachilik qilish orqali orttirgan.
Jumladan, u 1980-yillarda Eron-Iroq urushi vaqtida Eronga AQSh qurolini sotishda vositachilik qilgan. Tadbirkor shuningdek, Filippinning sobiq diktatori Ferdinand Markosga pul yuvishda ko‘mak berishda ayblangan.
Xashoggining vositachilik xizmatlari uchun olgan komission to‘lovlari yuzlab million dollarlarni tashkil qilgan va u 1980-yillarda milliardlab dollarlarga ega bo‘lgan holda dunyoning eng boy odami hisoblangan.
1988 yilda Shveytsariya hukumati tomonidan hibsga olinib, moliyaviy firibgarliklar ayblovi bilan AQShga topshirilgan. Biroq u 1990 yilda AQSh sudi tomonidan oqlangan.
Uning singlisi Samira kelib chiqishi misrlik bo‘lgan britaniyalik milliarder Muhammad Al-Fayozning rafiqasi hisoblangan. Al-Fayozning o‘g‘li va Xashoggining jiyani Dodi Al-Fayoz 1997 yilda Parijdagi avtohalokatda Britaniya malikasi Diana bilan birga halok bo‘lgan. Malika Diana va Dodi o‘sha vaqtda ishqiy munosabatlarda bo‘lishgan.
Mavzuga oid
15:10 / 29.10.2024
London dezinformatsiya uchun RFning 3 agentligiga qarshi sanksiyalar kiritdi
11:50 / 23.10.2024
London va Berlin yangi mudofaa shartnomasini tayyorlamoqda
10:20 / 23.10.2024
London Ukrainaga qurol sotib olish uchun bir milliardlik yordam va’da qilmoqda
12:40 / 16.10.2024