Jahon | 11:48 / 07.06.2017
5362
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh adliya vaziri iste'foga ketishga tayyorligini bildirdi

Foto: The New York Times

AQSh adliya vaziri va bosh prokurori Jyeff Seshns mamlakat prezidenti Donald Trampga oralaridagi turli qarashlar tufayli iste'foga chiqishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda The New York Times nashri ikki manbaga tayangan holda xabar qilmoqda

Seshns o‘zining xizmat majburiyatlarini bajarishi uchun harakatlarida yanada erkinroq bo‘lishga muhtojligi sababli vazifasini tark etishga tayyorligini bildirgan. Ayni vaqtda, uning so‘zlariga ko‘ra, u bor kuchi bilan ishlash imkoniga egaligini sezmayapti. 

Nashrning qayd etishicha, AQSh prezidenti bosh prokurorning taklifini qabul qilgan. 

Avvalroq, Seshns maxfiy ma'lumotlarning sizib chiqishiga barham berishini aytgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid