Jahon | 00:15 / 08.06.2017
8883
1 daqiqa o‘qiladi

Myanmada falokatga uchragan samolyot bortida 122 kishi bo‘lgani ma'lum qilindi

Foto : M Radzi Desa

Myanma sohillari yaqinida falokatga uchragan harbiy samolyot bortida 122 kishi, jumladan 15 nafar bola bo‘lgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, samolyotda 35 harbiy va ekipajning 14 a'zosi bo‘lgan. Qolgan yo‘lovchilar harbiylar oilalari a'zolari bo‘lgan. Avvalroq samolyotda 105 yo‘lovchi va ekipajning 11 a'zosi bo‘lgani xabar qilingan.

Xitoyda ishlab chiqarilgan Y-8-200F transport samolyoti Mey shahridan parvoz qilgandan 29 daqiqa o‘tib u bilan aloqa yo‘qotilgan.

"Biz samolyot bilan aloqa uzilgandan keyin u bilan nima sodir bo‘lganini bilmaymiz", deb ma'lum qildi fuqarolik aviatsiyasi vakili.

Myanmaning janubiy sohillaridan Yangonga parvoz qilayotgan samolyot Davey shahridan 20 mil uzoqlikda uchib o‘tayotganda radarlardan yo‘qolib qolgan. Samolyot dengizda qidirilmoqda, bundan tashqari, sohilda ham 300-400 kishi qidiruv ishlarini olib bormoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid