Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiy taktik mashg‘ulotlar vaqtida Qora dengizga harbiy vertolyot quladi
9 iyun kuni Bolgariya sohillari yaqinida Qora dengizga "Panter" vertolyoti "Qora dengiz-2017" harbiy taktik mashg‘ulotlari vaqtida quladi. Bu haqda Novini.bg nashri xabar bermoqda.
Vertolyot dengizga soat 12:30da "nishon sirtiga artilleriya o‘t ochish" topshirig‘i bajarilgandan keyingi manyovrdan keyin qulagan. Vertolyot ekipaji darhol suvdan chiqarib olingan.
Boshlang‘ich tibbiy ekspertizadagi ma'lumotlarga ko‘ra, ekipaj sardori Georgiy Atanasov og‘ir jarohatlar olgan va og‘ir ahvolda. Ekipajning qolgan a'zolari – kapitanlar Pavel Simeonov va Anatoliy Apostolovning ahvollari barqaror, deya ma'lum qilingan.
Jarohatlangan askarlar Varnadagi harbiy gospitalga yetkazilganlar, ularning yaqinlari bo‘lib o‘tgan voqeadan xabardor qilinganlar. Ayni vaqtda voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
11:22 / 23.03.2026
Qatarda harbiy vertolyot halokati: yetti kishi vafot etdi
11:27 / 20.01.2026
Bolgariya prezidenti Rumen Radev iste’foga chiqishini e’lon qildi
12:24 / 16.01.2026