Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada 106 yoshli fuqaroni ovoz berishiga yo‘l qo‘yishmadi
Britaniya hukumati 106 yoshli Emi Uinifred Hokinsga Buyuk Britaniya parlamentiga umumiy saylovlarda ovoz berishiga yo‘l qo‘yishmadi, deb xabar qilmoqda Sun nashri.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Hokins ro‘yxatlarda yo‘q bo‘lgani uchun saylov uchastkasiga kirish imkonini berishmagan.
"Men 1911 yilda tug‘ilganman, ikki jahon urushi, ayollarga ovoz berish huquqini berish va barcha uchun pensiyalar uchun kurashning guvohiga aylandim, men konchilarning ish tashlashini ham ko‘rdim. Bugun esa menga ovoz berishga imkon berishmadi", - deya Hokinsning so‘zlarini keltiradi nashr.
Hokinsning oilasi bundan g‘azabga keldi hamda ayol yil boshida saylovchilar ro‘yxatida bo‘lganini ma'lum qildi.
Britaniya parlamentiga navbatdan tashqari umumiy saylovlar 8 iyun kuni konservativ hukumat tashabbusi bilan o‘tkazildi. Bu holat bosh vazir Tereza Mey Bryussel bilan Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqish bo‘yicha muzokaralaridan avval Londonda siyosiy birlikka kelish haqida qaror qabul qilganidan so‘ng ro‘y berdi.
Hozircha konservatorlar 318 mandatni, leyboristlar — 261, liberal—demokratlar — 12, Shotlandiya milliy partiyasi — 35, qolgan partiyalar – 23 mandatni olishdi. Hech bir partiya vazirlar mahkamasini mustaqil shakllantirishi uchun talab etiluvchi 326 ovozni yig‘madi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026