Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘rt arab davlati terrorchilik ro‘yxatlariga bir nechta tashkilotlarni kiritdi
Foto: Reuters
Saudiya Arabistoni, BAA, Misr va Bahrayn terrorchilikni moliyalashtirish va Qatardan ko‘mak olganlik uchun 59 kishi va 12 ta tashkilotni terrorchilik ro‘yxatlariga kiritdilar.
Ro‘yxatga asosan Qatar va Misr fuqarolari kiritilgan. Ular orasida yirik tadbirkorlar va siyosatchilar, jumladan Qatar qirollik sulolasining vakili va sobiq bosh vazir Abdulloh bin Halifa Ol Soniy, Musulmon ulamolari xalqaro ittifoqi prezidenti va "Musulmon birodarlar" harakati yetakchisi Abdulloh Yusuf al-Kardaviy ham bor.
Shuningdek, ro‘yxatga Qatar, Liviya va Bahraynda ishlovchi tashkilotlar kiritilgan. Ular orasida Apple kompaniyasining Dohadagi bo‘limi hamda bir qator xayriya tashkilotlari bor.
Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr 5 iyunda Dohani terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorsizlashtirishda ayblab, Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Keyinroq bu davlatlar qatoriga yana 5 ta davlat qo‘shilgan.
Mavzuga oid
23:03 / 27.11.2025
Portugaliya o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi
19:26 / 18.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari Italiyaga yutqazib, jahon chempionatini tark etdi
22:43 / 08.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari jahon chempionatida Irlandiyaga yutqazdi
20:12 / 05.11.2025