Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XMT rahbari: Maqsadimiz - O‘zbekiston bilan hamkorlikni faol rivojlantirish
Jyeneva shahrida o‘tayotgan Xalqaro mehnat konferensiyasining 106-sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etayotganligi avval xabar qilingan edi.
Mazkur konferensiya doirasida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari T.Norboyeva, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Abduhakimov, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari B.Maxmadaliyevdan iborat uch tomonlama ijtimoiy hamkorlar Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Bosh direktori janob Gay Rayder bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

XMT rahbari O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy sohada rivojlantirishga qaratilgan islohotlar va aholini bandligini ta'minlash, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ijtimoiy-mehnat sohasini yanada takomillashtirish, ish haqi, pensiyalar va stipendiyalarni o‘z vaqtida berish shuningdek, aholi uchun sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilishini yaxshilash, mehnat sohasida gender tenglikni ta'minlashga qaratilgan so‘nggi qarorlari to‘g‘risida batafsil tanishtirildi.
G.Rayder XMT uchun O‘zbekiston bilan aloqalar “juda muhim” ekanligini bildirdi.
“Tomonlar hamkorlikning ko‘plab sohalarida sezilarli yutuqlarga erishdi, bugun esa avvalo, bandlik, mehnat muhofazasi, gender tenglik kabi sohalarda yangidan-yangi imkoniyatlar vujudga kelmoqda”, - dedi G.Rayder.

XMT rahbari ijtimoiy soha beshta ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini ijobiy darajada qayd etdi. O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha Davlat dasturini amalga oshirilishi, halqaro mehnat standartlariga asosan tadbiq etilgan mehnat normalariga yuqori baho berdi.
Bosh direktor O‘zbekiston rahbariyati va hukumatiga XMTning birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi 87-sonli Konventsiyasini ratifikatsiya qilganligi uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.
“Umid qilamizki, XMTning boshqa konvensiyalari respublikaning milliy qonunchiligiga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha ishlar davom etadi”, - deb qayd etdi XMT rahbari.

Shu bilan birga G.Rayder kun tartibiga xuquqiy asosni yanada takomillashtirish, aholi shu jumladan, xotin-qizlar bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholining ijtimoiy himoyasini ta'minlashga qaratilgan masalalarni kiritib, ikki tomonlama o‘zaro aloqalarni kengashtirish zarurligini qayd etdi.
“Erishilgan natijalardan to‘xtamasligimiz, olg‘a intilishimiz va sheriklikni rivojlantirishimiz kerak”, - dedi bosh direktor.
G.Rayder O‘zbekiston bilan kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish va amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish istagini bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
15:48 / 10.06.2026
Jyenevada O‘zbekistonning bolalar mehnatiga qarshi kurashdagi yutuqlari yuqori baholandi
12:12 / 09.06.2026