Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi
Foto: O‘zA
Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida 10 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning uchrashuvi bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Prezident yuqori martabali mehmonni mamlakatga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston BMT va uning tashkilotlari bilan hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashini ta'kidladi.
Davlat rahbari Bosh kotibga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Islom Karimovning tinchlikparvar siyosati, asosli tashabbuslari va amaliy ishlari mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashda muhim asos bo‘lganini e'tirof etish o‘rinli, dedi davlat rahbari.
Antoniu Guterrish Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar jarayoni xalq farovonligini yuksaltirish borasida muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan BMT va uning tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Orol fojiasining ekologik oqibatlarini yumshatishga doir masalalar muhokama etildi. Global xavfsizlik va barqarorlikni saqlash, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
18:54 / 06.12.2025
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshiriladi
12:51 / 05.12.2025
«Haqiqat bo‘lishiga juda kuchli asoslar bor» – BMT bosh kotibi G‘azodagi urush jinoyatlari haqida
08:04 / 04.12.2025
AQSh BMTning ukrainalik bolalarni qaytarish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi
22:51 / 27.11.2025