Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko YeI bilan chegaradagi ramziy darvozani ochdi
Ukraina va Slovakiya prezidentlari Petro Poroshenko va Andrey Kiska Ukraina hamda Shengen zonasi mamlakatlari o‘rtasidagi vizasiz rejim joriy etilishi munosabati bilan tashkil qilingan ramziy marosimda ishtirok etdi.
Davlat rahbarlari Ukraina chegarasida, Zakarpate viloyati hududidagi «Ujgorod» punktida o‘rnatilgan «Yevropa darvozasi»ni ochishgan.
Poroshenko 11 iyun kuni Ukraina uchun tarixiy voqea haqida e'lon qildi. «Shu kundan e'tiboran ukrainalik Bratislavaga qahva ichishga borishi yoki Varshavada chegirmalardan foydalanishi mumkin. Nihoyat, Ukraina fuqarolari Venadagi operaga erkin borib kelishi mumkin bo‘ldi», - dedi ukrainlar yetakchisi.

11 iyun kuni Ukraina fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz rejim amalga kirdi. Endilikda Ukraina fuqarolari Yevropa ittifoqining 30 mamlakati va Shengen zonasidagi mamlakatlarga erkin kirib chiqishi mumkin bo‘ladi.
Vizasiz rejim biometrik pasportga ega ukrainlarga Yevropada 90 kun davomida bo‘lish imkonini beradi. 90 kundan ortiq vaqt davomida Yevropa hududida bo‘lishni istagan ukrainlar viza rasmiylashtiradi.
Mavzuga oid
14:46 / 18.06.2026
Moskva yana zarba ostida. Ukraina mingga yaqin dron uchirgan
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
22:31 / 16.06.2026