Oqqo‘rg‘on tumanida «to‘rtlik» ishdan olinishi kutilmoqda
12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.
Videoselektorda Xorazmning sobiq hokimi, hozirda Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimini egallab turgan Ollobergan Olloberganov va tumandagi "to‘rtlik" faoliyati keskin tanqid qilinib, bunday faoliyat yuritayotgan xodimlar ishdan olinishi kerakligi ta'kidlandi.
Qayd etish joizki, O‘zbekistonda endilikda muayyan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun faqatgina hokimning o‘zi javob bermayapti. Qaysi tuman yoki shaharda hokim ishdan olinadigan bo‘lsa, «to‘rtlik»ning barcha vakillari — hokim, prokuror, militsiya boshlig‘i, DSI boshlig‘i ishdan ketmoqda. Bu jamoaviy javobgarlik sifatida hisoblanmoqda.
Oldinroq, videoselektorda Samarqand viloyati hokimi Himmat Qo‘chqorovich Oqbo‘tayev lavozimidan ozod etilgani ma'lum qilingan edik.
Mavzuga oid
17:20 / 17.10.2024
Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan qizcha qutqarib qolindi
14:01 / 13.10.2024
“Ko‘p narsa hokimlarning saviyasiga bog‘liq” - vatanga qaytgan investor qanday to‘siqlarga uchradi?
19:17 / 30.09.2024
Bunaqada sohada kim qoladi? Yangibozor hokimi misolida dehqonlarga munosabat
16:56 / 25.09.2024