Prezident raisligida ötkazilayotgan videoselektor yiğilişi vaqtida Samarqand viloyati hokimi Himmat Qöçqoroviç Oqbötayev lavozimidan ozod etildi.

«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga köra, Şavkat Mirziyoyev yiğiliş vaqtida Samarqand viloyatida qator sohalarda, jumladan, moliya va soliq tizimidagi kamçiliklarni sanab ötgan.

Qayd etiş joiz, Şavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni Samarqand viloyatida bölib, viloyatdagi quriliş işlari bilan tanişgan, dalalarda  fermerlar bilan uçraşgan edi.

Ma'lumot uçun, Oqbötayev ötgan yilning dekabr oyi oxirida Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangandi. U viloyatining avvalgi hokimi Zoyir Mirzayev boş vazir örinbosari hamda respublika qişloq va suv xöjaligi vaziri etib tayinlangaç, uning örnida iş boşlagandi.