Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 20:35 / 12.06.2017
13877
1 daqiqa o‘qiladi
Ronaldu terma jamoadagi davomchisi haqida gapirdi
"Portu" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning davomchisi bo‘lishi mumkin. Bu haqda "Real" forvardi ma'lum qildi.
"Faoliyatimni yakunlaganimda Portugaliya yaxshi qo‘llarda bo‘ladi, chunki ularda allaqachon kuchli hujumchi bor. Bu Andre Silva", – dedi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli futbolchi "Milan"ga o‘tish uchun yaqin turibdi. Italiya OAV bergan xabarga ko‘ra, Silva tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Milan shahriga yetib kelgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish