O‘zbekiston | 01:30 / 12.06.2017
12734
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda turistlar uchun tramvay yo‘nalishi ochiladi

Samarqand shahrida turistlar uchun tramvay yo‘nalishi ochiladigan bo‘ldi. Ayni paytda shahardagi mashhur Registon ansambli atrofidan o‘tuvchi yo‘llar bo‘ylab tramvay yo‘nalishini loyihalashtirish ustida ish olib borilmoqda, deb xabar beradi UT. 

Bu haqda «Samarkandskiy vestnik» gazetasiga burgan intervyusida Tramvay yo‘nalishlaridan foydalanish davlat korxonasi direksiyasi rahbari Fayzulla Murtazayev ta'kidlab o‘tgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, shaharga tashrif buyurgan har bir mehmon tramvayga minib ko‘hna shaharning bosh osori-atiqasini tomosha qilishi mumkin.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid