Jahon | 10:50 / 12.06.2017
19119
2 daqiqa o‘qiladi

WP: AQSh bosh prokurorlari prezident Trampni sudga berishadi

Amerikaning Vashington va Merilend shtatlari bosh prokurorlari AQSh prezidenti Donald Tramp ustidan sudga murojaat qilishlari mumkin. Ular Trampning konstitutsiyani buzganligi va davlat rahbari lavozimiga kirishganidan so‘ng, tadbirkorlik bilan shug‘ullanganini gumon qilishmoqda, deb yozadi The Washington Post.

Qayd etilishicha, bosh prokurorlar Tramp «xorijiy hukumatlardan millionlab pul olgan»ini ta'kidlashmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Tramp o‘z korporatsiyasiga doir moliyaviy hisobotlarni doimiy ravishda nazorat qilib turadi. 

«Biz ish ochayapmiz, chunki prezident o‘zining biznes manfaatlaridan voz kechish uchun zarur qadamlarni tashlagani yo‘q», — degan bosh prokuror Karl Rasina.

Agar, ariza qabul qilinsa, Trampga sud eshituvlari doirasida o‘z soliq deklaratsiyasini e'lon qilish majburiyatini yuklashlari mumkin. Shu bilan uning biznesidagi xorijiy bitimlar qamroviga aniqlik kiritiladi. 

Avvalroq, Tramp advokatlari uning soliq deklaratsiyasida Rossiya izi yo‘qligini aytishgandi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid