Jahon | 09:11 / 13.06.2017
4447
2 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshning AQShdagi diplomati o‘z yurtdoshini qul kabi ishlatganlikda ayblanmoqda

Bangladeshning AQShdagi bosh konsuli o‘rinbosari Muhammad Shoxildul Islomga noqonuniy mehnat faoliyatini tashkillashtirish ayblovi qo‘yildi. Bu haqda Nyu-York shahrining Kuins tuman prokuraturasi bayonotiga iqtibos keltirgan holda NY Daily News nashri xabar bermoqda. 

Prokuror Richard Braunning aytishicha, 45 yoshli diplomat shuningdek "o‘z qo‘lida ishlagan odamga haq to‘lashni istamaganlikda, unga nisbatan jismoniy kuch qo‘llash va tahdid qilishda" ayblanmoqda. Ushbu ish hujjatlariga ko‘ra, Islom o‘z yurtdoshining AQShga kelishini tashkillashtirgan. So‘ngra u yurtdoshining pasportini olib qo‘yib, o‘ziga ishlashga majbur qilgan va muntazam kaltaklagan. U, shuningdek, yurtdoshiga deportatsiya qilish va uning oila a'zolarini o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Sud ushbu ishni 28 iyunda ko‘ra boshlaydi. Agar diplomat aybdor deb topilsa, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid