Jahon | 18:03 / 13.06.2017
3823
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada Afg‘onistonga politsiyachilarini yuborishi mumkin

Kanada hukumati NATOning Afg‘onistonga politsiya instruktorlarini yuborish bo‘yicha so‘rovini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda Kanada milliy mudofaa vaziri Xarjit Singx Sajan ma'lum qilgan.

"Kanada NATOning boshqa ittifoqchilari kabi bu so‘rovni ko‘rib chiqadi", - deya uning so‘zlarini keltiradi CBC telekanali. Vazir boshqa tafsilotlarga to‘xtalmagan. Kanada qo‘shinlari 3 yil muqaddam Afg‘onistondan olib chiqilgan bo‘lsa-da, Ottava bu mamlakatga moliyaviy yordam berishda davom etmoqda. 

Kanada 2014 yil martida Afg‘onistondagi 2001 yilda boshlangan harbiy missiyasini tamomlagan, bu mamlakatda 162 nafar kanadalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid