O‘zbekiston | 19:34 / 13.06.2017
10888
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Oliy Sudlar Akademiyasi tashkil etiladi

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sud organlarida odil sudlovni ta'minlash masalalari yuzasidan sudyalar hamjamiyati bilan muloqot o‘tkazmoqda.

«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, videoselektor prezident raisligida bo‘lib o‘tmoqda. Videoselektor yig‘ilishi kun tartibiga sud organlari tizimida odil sudlovni ta'minlash borasidagi ishlar ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalar kiritilgan.

Manbaning xabar berishicha, videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda sudlarga kadr tayyorlaydigan Oliy Sudlar Akademiyasi tashkil etilishi aytilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda Sudyalar oliy kengashi tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid