Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun sud organlarida odil sudlovni ta'minlaş masalalari yuzasidan sudyalar hamjamiyati bilan muloqot ötkazadi.
«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga köra, bugun, 13 iyun kuni soat 16:00da prezident raisligida videoselektor ötkaziladi.
Videoselektor yiğilişi kun tartibiga sud organlari tizimida odil sudlovni ta'minlaş borasidagi işlar ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalar kiritilgan.
yiğilişda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri va uning örinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatçilari, vazirlik va idoralar, xöjalik birlaşmalari rahbarlari iştirok etdi. Videokonferensiya aloqasi orqali yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va Vazirlar Kengaşi raislari, viloyat, şahar va tuman hokimlari, vazirlik va idoralarning hududiy bölinmalari, sud sohasi faxriylari va sud xodimlari, Xalq deputatlari tuman (şahar) kengaşlari deputatlari, xalq qabulxonalari rahbarlari, xalq ta'limi bölimi rahbarlari, barça kollej, litsey va maktablar direktorlari, qişloq-ovul, şaharça va mahalla fuqarolar yiğinlari raislari hamda jamoatçilik vakillari iştirok etadi.
Uşbu selektor majlisida har bir iştirokçi muhokama etiladigan masala yuzasidan axborot berişga tayyor holda kelişi hamda yiğiliş zaliga telefon va boşqa ovoz yoziş qurilmalari olib kirmasligi talab etilgan.












