Qirg‘iziston o‘z kriptovalyutasini ishlab chiqishga qaror qildi
Qirg‘iziston GoldenRock nomini olgan milliy kriptovalyuta emissiyasini tayyorlamoqda. «Izvestiya» gazetasi shu haqdagi xabari bilan bo‘lishdi.
Mamlakat hukumati mazkur loyiha yordamida oltin konlarini ochish uchun xususiy sarmoyalarni jalb qilishga umid qilmoqda.
Har bir birlik (token) oltin ekvivalent bilan ta'minlanadi. GoldenRock egalari konni ishlab chiqqandan so‘ng uni metallga almashishlari mumkin. Tokenning aniq qiymatiga doir qaror hozircha qabul qilinmagan.
Nashr bu Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlaridagi birinchi shunday davlat loyihasi ekanini ta'kidlamoqda. Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov loyihani amalga oshirish uchun mahalliy "Qirg‘iziston savdo uyi" davlat kompaniyasini mas'ul sifatida tayinladi. Shuningdek qirg‘iz kriptovalyutasini yaratishga Rossiyaning "Kript NN" firmasi ham jalb qilindi.
Mavzuga oid
11:36 / 16.11.2024
1 dona Bitcoin 1 kilo oltindan qimmat. Narxlar nega keskin oshdi?
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024