Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rim meri hukumatdan shaharga boshqa muhojirlarni qo‘ymaslikni so‘ramoqda
Rim meri Virjiniya Raji Italiya hukumatiga shaharga kelayotgan yangi muhojirlarni qabul qilishni taqiqlash chaqirig‘i bilan murojaat qildi.
U hukumatga murojaatini Facebook’dagi sahifasida chop etdi.
"Rim kuchli migratsiya bosimiga uchramoqda. Biz bunday tarzda davom ettira olmaymiz. Men bir necha kun avval Rim prefektiga Italiya ichki ishlar vazirligini yangi muhojirlarni qabul qilishga taqiqlov kiritishga chaqirishini so‘rab maktub yuborganman", deb yozdi Raji.
Ayol merning aytishicha, yangi muhojirlar kelishi shahardagi ijtimoiy keskinlikni oshiradi. Shuning uchun qochqinlar uchun yangi boshpanalar qurish haqida hatto o‘ylamaslik kerak.
Avvalroq Polsha tashqi ishlar vaziri Konrad Shimanskiy Yevropa ittifoqi sudida Varshavaning YeI kvotalari bo‘yicha qochqinlarni qabul qilmaslik huquqi uchun kurashishga tayyorligini bildirgandi. Chexiya tashqi ishlar vaziri Lubomir Zaoralek esa Yevropa Ittifoqining qochqinlarni qabul qilish kvotalarini "xo‘jako‘rsinlik" deb atagandi.
Mavzuga oid
08:52 / 04.07.2026
Qadimgi Rimda yo‘llar uchta oddiy asbob yordamida qurilgan
08:50 / 05.06.2026
YeIda ukrainalik qochqinlarni himoya qilish tartibi o‘zgarishi mumkin
21:19 / 12.03.2026
Eronda 3 milliondan ortiq aholi urush tufayli uylarini tark etdi – BMT
14:29 / 24.02.2026