Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tomorqasiga 41 tup ko‘knori ekkan “dehqon”ning yuzi yerga qaradi
Joriy yilning 1 may kunidan 31 iyun kuniga qadar respublikaning barcha hududlarida «Qoradori-2017» tadbirining 1-bosqichi o‘tkazilmoqda.
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va keng jamoatchilikni jalb etgan holda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirning dastlabki 1 oyi davomida taqiqlangan kannabis (nasha) va ko‘knori o‘simliklarini noqonuniy yetishtirishi bilan bog‘liq 60 ta holat aniqlanib, 42 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, giyohvand vositalarini noqonuniy saqlash bilan bog‘liq 12 ta holat aniqlanib, tadbirlar davomida 6 kilogramm 500 gramm giyohvandlik vositalari daliliy ashyo sifatida olindi. Iyun oyining 6-8 kunlari 3 kun davomida viloyat hududida «Mi-8» rusumli vertolyot yordamida nazorat uchishlar tashkil etilib, aniqlangan 6 ta taqiqlangan ko‘knori o‘simligini yetishtirish holati bo‘yicha hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Andijon viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, Xonobod shahrida o‘tkazilayotgan keng qamrovli tezkor tadbir davomida hudud profilaktika inspektori “Yangi hayot” mahallasi Chamanzor ko‘chasida yashovchi Norqulov Shodiyonning (ismi-shariflar shartli) tomorqasida 41 tup ko‘knori o‘simligi parvarish qilinayotganini aniqladi. Giyohvand o‘simlik xolislar ishtirokida Andijon IIB ekspertiza bo‘limiga topshirildi. Hozirda ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
11:00
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
08:51 / 20.06.2026
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026