Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki Afg‘onistonga 500 mln dollardan ko‘proq grant ajratilishini ma'qulladi
Jahon banki Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash uchun unga 500 mln dollardan ko‘proq grant ajratilishi rejasini ma'qulladi. Bu haqda bank bayonotida aytilgan.
"Reja Afg‘onistonga qochqinlar bilan bog‘liq vaziyatda yordam beradi, nochorlar uchun xususiy sektorning imkoniyatlarini kengaytiradi, beshta shahar rivojlanishini tezlashtiradi, elektrlashtirish ko‘lamini kengaytiradi, oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilaydi va qishloq yo‘llari qurishda yordam beradi", deb aytilgan bayonotda.
Ta'kidlanishicha, bu grantlarning ma'qullanishi Jahon bankining Afg‘oniston xalqiga jiddiy muammolarni yengishda yordam berishga sodiqligini tasdiqlaydi.
Mavzuga oid
09:05
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026