Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning qator masjidlarida xatmonalar yakuniga yetkaziladi
15 iyun, Ramazon oyining yigirmanchi kuni. Toshkent shahridagi bir necha jome masjidda bu kecha Qur'oni Karim xatmonasi ya'ni, Kalomullohning so‘nggi suralari o‘qilib, chin ixlos ila duolar qilinadi. O‘MI Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati bugun va keyingi kunlarda xatmonalar yakuniga yetkaziladigan masjidlar ro‘yxatini keltirgan.
15 iyun. Shayxontohur tumanida joylashgan “Shayx Zayniddin” (Ko‘kcha) jome' masjidi. (Nasrullo qori Xalimov va Davron qori Karimov).
15 iyun. Yashnobod tumanida joylashgan “Islom ota” jome' masjidi (Hasanxon qori Abdumajidov, Avazbek qori Xalimov va Anvar qori Zaitov).
16 iyun. Yunusobod tumanida joylashgan “Minor” jome' masjidi (Jahongir qori Ne'matov, Abdulbosit qori Qobilov va Muhammadloyiq qori Aminov).
21 iyun, Laylatul qadr kechasi. Shayxontohur tumanida joylashgan “Xo‘ja Alambardor” (Kamolon) jome' masjidi (Husaynxon qori Abdumajidov, Ahmadrizo qori Qobilov va Biloliddin qori Umarov).
21 iyun. Yunusobod tumanida joylashgan “Mirza Yusuf” (Bodomzor) jome' masjidi (Sadriddin qori Hamidov).
Mavzuga oid
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
13:20 / 15.05.2026
Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham masjid ochiladi
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
10:17 / 25.03.2026