O‘zbekiston | 19:24 / 15.06.2017
22298
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumaniga tashrif buyuradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin kunlarda Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga tashrif buyuradi. Bu haqda «Kun.uz» manbalari xabar bermoqda.

Tashrif davomida davlat rahbari olib borilayotgan islohotlar bilan tanishadi, shuningdek, tumandagi ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ladi.

Hozirda tumanda tashrifga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, tumanga olib boradigan yo‘llar (Muqimiy, Cho‘ponota, Kichik halqa ko‘chalari) atrofida kecha-yu kunduz obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Uchtepa tumaniga aprel oyida Shavkatbek Turdiyevich Irgashev hokim etib tayinlangandi. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid