Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi tubdan modernizatsiya qilinadi
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (NQIZ) tubdan modernizatsiya qilinishi kutilmoqda. "O‘zbekneftgaz" boshqaruv raisi Alisher Sultonov Xalqaro Press-klubda bo‘lgan uchrashuvda shunday ma'lumot bilan bo‘lishdi.
Tadbirda qatnashgan "Kun.uz" muxbiriga ko‘ra, Sultonov bugungi kunda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi taqdiri ustida bosh qotirilayotgani, uning faoliyatiga chek qo‘yilmasligi, shunchaki qayta tashkil etilishini ma'lum qildi.
"O‘zbekneftgaz" rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi Markaziy Osiyodagi yagona shunday obekt hisoblanib, katta salohiyatga egadir.
"Aslida zavod sovet davrida qurilgan. Hozir neft-kimyo, maishiy kimyo, zamonaviy moylarni oladigan bo‘lsak, bu zavodning salohiyati juda katta. Mutaxassislarning salohiyati ham yuqori. O‘ylashimcha, uning kelajagi bor va biz bundan keyin uning faoliyatini tiklaymiz", - dedi Alisher Sultonov.
Farg‘ona NQIZ yonilg‘i-moy materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqadagi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. U o‘z faoliyati davomida 60 turdan ortiq neft mahsulotlarini ishlab chiqargan. Bugungi kunga kelib korxona modernizatsiyaga muhtoj. "O‘zbekneftgaz" bu borada yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Mavzuga oid
14:45 / 08.06.2026
To‘rt yil oldin xususiylashtirilgan FNQZ yana davlat ixtiyoriga qaytdi
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
09:00 / 21.12.2025
Energetikada katta iste’fo va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
16:43 / 19.12.2025