Farğona neftni qayta işlaş zavodi yana töliq davlat ixtiyoriga qaytarildi. Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestridagi ma’lumotlarga köra, 8 iyun holatiga zavodning 100 foizlik egasi sifatida Davlat aktivlarini boşqariş agentligi körsatilgan.

Farğona neftni qayta işlaş zavodining qaçon va nima sababdan yana töliq davlat mulkiga aylangani noma’lum. Kun.uz vaziyatga aniqlik kiritiş maqsadida Davaktiv axborot xizmati bilan boğlana olmadi. 2026 yilning 1 may holatiga köra, FNQZning  58,5 foiz uluşi Davaktivga, 41,5 foiz uluşi esa Saneğga tegişli bölgan. 

FNQZ xususiylaştirilişi

2022 yilning may oyida «Sanoat energetika guruhi» MÇJ (Saneg) FNQZning 100 foiz uluşini ayrim majburiyatlar bilan 100 mln dollarga xususiylaştirib olgandi. Şundan keyin zavod 2023 yilda 469,6 mlrd söm, 2024 yilda esa 220 mlrd söm sof foyda körgan. Xususiylaştiriş bitimi tuzilganidan keyin ham yillar davomida FNQZning 58,5 foiz nazorat paketi Davaktiv ixtiyorida qolayotgandi. Bu kelişilgan pul davlatga töliq tölanmagani bilan izohlanib kelindi. Bitim qaçon yopilişi, tölov yana neça yilga çözilişi haqidagi Kun.uz savollarini Davlat aktivlarini boşqariş agentligi javobsiz qoldirgandi. Bu vaqtda Saneg zavodning bir qismini 140 mln dollarga sotişga ham erişdi. Investorda qarzga olingan zavodni qayta sotiş huquqi bölgan yoki bölmagani ma’lum emas.

2025 yilda sof foyda bilan işlab kelgan Farğona neftni qayta işlaş zavodining moliyaviy holati yomonlaşib ketdi. Xususan, kompaniya ötgan yilni 538,1 mlrd söm miqdoridagi sof zarar bilan yakunlagan. Yillik tuşum 2,3 trlndan 1,9 trln sömgaça kamayib ketgan. Moliyaviy natijalarning keskin yomonlaşib ketişi valuta kurslari farqining ta’siri bilan boğlangan. Zavodning uzoq muddatli qarzlari 3,2 trlndan 3,3 trln sömga köpaygan, qisqa muddatli qarzlar esa 1,2 trln söm darajasida saqlanib qolgan.