Jahon | 16:37 / 17.06.2017
3812
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada kimyoviy zavod sabab qariyb 40 kishi zaharlandi

Foto: AP

Italiya shimoli-g‘arbidagi kimyoviy zavodda gaz sizib chiqishi oqibatida deyarli 40 kishi ko‘zi va nafas olish yo‘llari bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch keldi. Bu haqda la Repubblica gazetasi xabar berdi.

Lombardiya viloyatidagi korxona organik eritmalar va farmatsevtika sanoati uchun materiallar ishlab chiqaradi. Unda yordam so‘rab murojaat qilgan 39 kishidan 2 nafari ishlaydi. Qolganlar zavodga yaqin yerdagi transport firmasi xodimlaridir.

Sizib chiqish shanba kuni yuz bergan. O‘t o‘chirish va tez tibbiy yordam xizmati mashinalaridan tashqari, voqea joyiga atrof-muhitni qo‘riqlash bo‘yicha agentlik xodimlari hamda texniklar jamoasi yetib kelgan. Ular hodisa sababini aniqlashtirishmoqda.

Barcha jabrlanganlar shifoxonaga olib ketildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid