Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minnesotada politsiyachi oqlangani sabab noroziliklar o‘tkazilmoqda
AQShning Minnesota shtati Sent-Pol shahri aholisi bir yil avval afroamerikalikni otib o‘ldirgan politsiyachini oqlagan hakamlar sudi qaroriga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazmoqda. Ular shu maqsadda avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘yishdi, deb xabar qilmoqda Associated Press.
Hodisa o‘tgan yil iyul oyida Folkon-Haytsda yuz bergandi. Politsiya ofitseri qoratanli erkakni, uning avtomobilini tekshirish uchun to‘xtatgach, otib tashlagandi.
32 yoshli Filando Kastil shifoxonaga yotqizilgan, biroq keyinchalik tibbiyot muassasasida hayotdan ko‘z yumgan edi.
Ayni vaqtda politsiya yo‘lni namoyishchilardan tozalashga urinmoqda.
Mavzuga oid
10:00
Tramp qo‘llagan nomzod Kolumbiya saylovida yetakchilik qilmoqda
09:45
AQSh, Eron va Livan ishtirokida maxsus tartibga solish guruhi tuziladi
09:28
AQSh va Eron muzokaralarning birinchi raundi yakunlandi. Nimalar ma’lum?
09:02 / 20.06.2026